“BOBURNOMA”DAGI O‘LCHOV BIRLIKLARINING MILLATGA XOS XUSUSIYATLARI.

Authors

  • Sayyora Shodmonova Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, PhD dotsent. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti E-mail: sayshodmonova71@gmail.com Tel: (95) 322-00-04

Keywords:

Boburnoma, o‘lchov birliklari, milliy-madaniy xususiyat, tarjima, semantika.

Abstract

Ushbu maqolada “Boburnoma” asarida uchraydigan o‘lchov birliklarining milliy-madaniy xususiyatlari tahlil qilinadi. Asarda uchraydigan masofa, og‘irlik, hajm, maydon kabi birliklar o‘sha davr va muhitga xos bo‘lib, ular orqali Bobur davrining iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy hayoti aks ettirilgan. Maqolada bu birliklarning lug‘aviy, semantik va kontekstual xususiyatlari hamda ularning ingliz tiliga tarjimasidagi muammolar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bu o‘lchov birliklarining xalq ongidagi tarixiy-madaniy o‘rni va ularni tarjimada milliy koloritni saqlagan holda ifodalash muhimligi yoritiladi. Maqola filologiya, tarjima nazariyasi va madaniyatlararo kommunikatsiya sohalarida tadqiqot olib borayotgan mutaxassislar uchun foydalidir.

References

1. Bobur, Zahiriddin Muhammad. Boburnoma. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 1992.

2. Beveridge, A. The Baburnama: Memoirs of Babur, Prince and Emperor. Oxford University Press, 2002.

3. Karimov, N. “Tarjimada milliy-madaniy birliklarni ifodalash muammolari.” – Filologiya masalalari, 2018.

4. Rustamov, S. “O‘lchov birliklari va ularning tarjimasi.” – Tarjima nazariyasi, Toshkent, 2020.

5. Alimova, D. “Tarixiy-lug‘aviy birliklar semantikasi.” – O‘zbek tili va adabiyoti, 2021.

Downloads

Published

2026-06-28