PEDAGOGIK FAOLIYAT - YOSHLAR ONGIDA VATANGA BO’LGAN MEHR-MUHABBAT HAMDA YUKSAK VATANPARVARLIK RUHINI SHAKLLANTIRISHNING ASOSIY OMILI
Abstract
O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida barcha sohalar kabi ma’naviy sohada ham yangicha yondashuvlar va munosabatlar shakllanmoqda. Zero, bu sohada bajariladigan ishlar, tadqiq qilishga muhtoj muammolar ancha yillardan beri yig‘ilib kelmoqda edi. Bunday dolzarb vazifalardan biri vatanparvarlik tarbiyasidir. Yoshlarni turli zararli diniy oqimlardan, «ommaviy madaniyat» niqobi ostida kirib kelayotgan buzg‘unchi va yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish, to‘g‘ri yo‘ldan adashgan fuqarolarni sog‘lom turmush tarziga qaytarish maqsadida olib borilayotgan ishlar biz kutgan natijani bermayapti [25;140].Shuning uchun ham yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda vatanparvarlik tarbiyasi muhim ekanligini, uni shakllantirish va takomillashtirish insonning tug‘ilishidan to umrining oxirigacha davom etadigan jarayon ekanligini uqtirib o‘rgatib borishimiz lozim. Yoshlarni Vatan va millat oldidagi burch va mas’uliyatini his qilishga o‘rgatish, qonunlarga rioya etish fazilatlarini qaror toptirishdan iboratdir.
References
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston NMIU, 2017.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. –Toshkent, O‘zbekiston, 23.09.2020. (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2018 y., 06/18/5430/1164-son.
O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. –Toshkent: O‘zbekiston, 463-I-son 29.08.1997.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi PF-5106-son Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 27-son, 607-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 105-1-sonli «O‘zbekiston Respublikasining Harbiy doktrinasi» to‘g‘risidagi Qarori 1995 yil 30 avgust.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-436-II-son «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qarori. 2002 yil 12 dekabr.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tash shart-sharoitlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4054 sonli Farmoni 2008 yil 20 noyabr.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3160-son «Ma’naviy ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishnin yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida»gi Qarori. // Xalq so‘zi. 2017 yil 28 iyun.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2909 sonli Qarori / Xalq so‘zi. 2017 yil 16 may.