QISMAN KO'RISH QOBILYATIGA EGA BO'LGAN PARA YADRO ITQITUVCHILARINING KLASSIK OG’IR ATLETIK VA PAURLIFTING MASHQLARI ASOSIDA KUCH SIFATLARINI SHAKILLANTIRISH
Keywords:
Para-sport, yadro itqitish, qisman ko‘rish qobiliyati, kuch sifatlari, og‘ir atletika mashqlari, paurlifting mashqlari, adaptiv jismoniy tarbiya, moslashtirilgan mashg‘ulot metodikasi, psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash.Abstract
Mazkur ilmiy maqola qisman ko‘rish qobiliyatiga ega bo‘lgan para yadro itqituvchilar uchun klassik og‘ir atletika va paurlifting mashqlari asosida kuch sifatlarini shakllantirish masalalari yoritilgan. Para-sportchilar jismoniy tayyorgarlik jarayonida nafaqat umumiy kuchni, balki maxsus kuch sifatlarini ham rivojlantirishlari zarur. Yadro itqitish sport turi yuqori darajadagi eksploziv kuch, koordinatsiya va psixologik barqarorlikni talab etadi. Shu bois, paurlifting mashqlari bench press (yotib ko’tarish) hamda og‘ir atletika mashqlari squat (o‘tirib turish), Deadlift (shtangani yerda turgan holatdan bel va oyoqlar yordamida ko‘tarish) ushbu sportchilar uchun kuch sifatlarini shakllantirishda asosiy vosita sifatida tanlandi. Tadqiqotda qisman ko‘rish qobiliyatiga ega sportchilar uchun mashg‘ulot dasturi moslashtirilgan holda ishlab chiqildi. Mashqlarni bajarishda ovozli ko‘rsatmalar, taktik belgilar va trener nazorati qo‘llanildi. Bu yondashuv sportchilarning xavfsizligini ta’minlash, texnik xatolarni oldini olish va mashg‘ulot samaradorligini oshirishga xizmat qildi. O‘tkazilgan kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, klassik og‘ir atletika mashqlari sportchilarda dinamik kuch va tezkorlikni rivojlantirsa, paurlifting mashqlari statik kuch va mushak chidamliligini shakillantiradi va mustahkamlaydi. Natijalar sportchilarning umumiy kuch ko‘rsatkichlarida sezilarli o‘sishni, yadro itqitish texnikasida barqarorlikni va psixologik ishonchning ortishini namoyon etdi. Shuningdek, kombinatsiyalangan mashg‘ulot dasturi sportchilarning motivatsiyasini oshirdi va ularni musobaqa sharoitiga yaxshiroq tayyorladi. Tadqiqotdan kelib chiqqan holda, qisman ko‘rish qobiliyatiga ega para yadro itqituvchilar uchun og‘ir atletika va paurlifting mashqlarini bosqichma-bosqich yuklama asosida qo‘llash, individual yondashuvni ta’minlash va psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish tavsiya etiladi.
References
1. M.J.Abdullayev, N.T.To’xtaboyev, M.S.Olimov, R.X.Kadirov Sport mahoratni oshirish (Yengil atletika) Darslik. 2019
2. Уилмор Дж.Х., Костилл Д.Л. Физиология спорта и упражнений. – Champaign, IL: Human Kinetics, 2004.
3. B.Sh.Xaydarov, M.S.Olimov, N.T.To’taboyev Sport pedogogik mahoratni oshirish Yengil atletika uloqtirish turlari
4. A.Sh.Abdiyev, M.S.Olimov, R.I.Latipov Yengil atletika (o’qitish metodikasi) Adaptiv jismoniy tarbiya va sport.
5. Флек С.Дж., Крэмер В.Дж. Программирование силовых тренировок. – Human Kinetics, 2014.
6. Зациорский В.М., Крэмер В.Дж. Наука и практика силовой тренировки. – Human Kinetics, 2006.
7. Behm D.G., Sale D.G. Velocity specificity of resistance training // Sports Medicine. – 1993. – Vol. 15(6). – P. 374–388.
8. Rhea M.R., Alvar B.A., Burkett L.N., Ball S.D. A meta-analysis of the dose-response for strength development // Medicine & Science in Sports & Exercise. – 2003. – Vol. 35(3). – P. 456–464.
9. International Paralympic Committee. Para athletics coaching guide. – Bonn: IPC, 2020.
10. Schoenfeld B.J. The mechanisms of muscle hypertrophy and their application to resistance training // Journal of Strength and Conditioning Research. – 2010. – Vol. 24(10). – P. 2857–2872.
11. Stone M.H., O’Bryant H.S., Garhammer J. A hypothetical model for strength training // Journal of Sports Medicine and Physical Fitness. – 1981. – Vol. 21(4). – P. 342–351.
12. Todd J. The role of resistance training in the rehabilitation of athletes with disabilities // Adapted Physical Activity Quarterly. – 1995. – Vol. 12(3). – P. 210–223.