SANOAT TEGIRMON–KLASSIFIKATSIYA–FLOTATSIYA TIZIMIDA MA’LUMOTLARNI SINXRONLASHTIRISH, BALANS CHEGARALARINI ANIQLASH VA TEXNOLOGIK SAMARADORLIKNI BAHOLASH
Keywords:
sanoat ma’lumotlari, tegirmon, gidrosiklon, flotatsiya, FalconAbstract
Boyitish fabrikasida tegirmon, gidrosiklon, gravitatsion ajratish va flotatsiya bosqichlaridan olinadigan ma’lumotlar turli vaqt masshtabi va turli balans chegaralariga tegishli bo‘lgani sababli ularni bevosita taqqoslash noto‘g‘ri xulosalarga olib kelishi mumkin. Ushbu ishda sanoat tegirmon–klassifikatsiya–flotatsiya tizimini baholash uchun oqimlar topologiyasi, vaqt bo‘yicha sinxronlashtirish, metall inventari, gidrosiklon qaytuvchi yuki va gravitatsiya tarmog‘ini yagona hisoblash konturiga birlashtiruvchi metodik yondashuv ishlab chiqildi. Qorasoy apparatlar sxemasi va texnologik boshqaruv ekranlari asosida o‘lchov nuqtalari, ma’lumotlarning vaqt belgisi va laboratoriya assay natijalarini bog‘lash ketma-ketligi shakllantirildi. Asosiy e’tibor P80 ni alohida optimallashtirishga emas, balki tegirmonning solishtirma energiya sarfi, klassifikatsiya holati, metallning oqimlar bo‘yicha taqsimlanishi, flotatsiya oziqasining sifati va yakuniy ajratib olish ko‘rsatkichlarini bir xil vaqt oynasida baholashga qaratildi. Taklif etilgan yondashuv ishlab chiqarish ma’lumotlarini keyingi statistik modellashtirish va operatsion rejimlarni taqqoslash uchun tekshiriladigan ma’lumotlar bazasini yaratishga xizmat qiladi.
References
1. Runge K. C., Tabosa E., Holtham P., Valle R. Grinding and Flotation Circuits Integration and Optimization.
2. Mutalova M. A., Xasanov A. A., Solijonova G. Q. Foydali qazilmalarni flotatsiya usulida boyitish texnologiyasi. O‘quv qo‘llanma. Olmaliq, 2024. 127 b. Taqdim etilgan qo‘lyozma nusxasi.
3. Abduazizov N., Abdullayev S. Sharli tegirmon qoplamalarining takomillashtirilgan konstruksiyalarini qo‘llash orqali ularning samaradorligini asoslash. Journal of Advances in Engineering Technology. 2024; 3(15):83–90. DOI: 10.24412/2181-1431-2024-3-83-90.
4. MMG. Qorasoy texnologik apparatlar sxemasi. «MMG Qorasoy_11_03 (2)(1).pdf»..
5. Matkarimova S. T., Yavkochiva D. O. Misli rudalarni flotatsion boyitish texnologiyasini takomillashtirish. Uzbekistan–Japan International Conference Energy–Earth–Environment–Engineering. Toshkent, 2022. 30-b.
6. Forte Dynamics, Inc. MMG Phase 1, 2 and 3 Tech Report. Project 193007. Rev. A DRAFT, 2025. 5-3-jadval va 5-bob.