DORIVOR MALINA YETISHTIRISH VA KO‘PAYTIRISH
Abstract
Malina vegetativ ildiz bachkilari yoʻli bilan koʻpaytiriladi. Malina novdalari birinchi yili boʻyiga va eniga oʻsadi, dastlab sekin, iliq kunlar boshlanishi bilan (may oyida) tez sur'atlarda oʻsadi, yoz oxiriga borib esa, oʻsishdan toʻxtaydi. Koʻpchilik navlarining birinchi yilgi novdalari hosilsiz (kuzda ikkinchi hosil beruvchi remontant navlari bundan mustasno), bir qish oʻtkazgach, ular shoxlaydi va meva tugadi. Har yili malinaning har bir tupida yoki uning yonida juda koʻp miqdorda bachki ildizlar paydo boʻladi. Ulardan yaxshi taraqqiy topganlari meva tugish uchun qoldirilib, boshqalari kuzga borib qazib olinadi, zarur hollarda ulardan koʻchat tariqasida foydalaniladi, Hosil beruvchi eski shoxlar ikkinchi yili oxiriga borib qurib qoladi. Mevasi yigʻib olingandan soʻng yoki kuzda ular qirqib yoki sindirib tashlanadi. Malinaning novdalari tikanli, yarim tikanli yoki tikansiz, naviga qarab turli rangda boʻladi.
References
Abdullaev R.M., Abdullaeva X.R. “Rezavor mevali oʻsimliklar”. Monografiya. – Toshkent, “EFFECN-NASHR”. – 2020.
Abdullaev R.M., Abdullaeva X.R. Fermer xoʻjaliklarida eng yaxshi rezavor mevalilar navlaridan yuqori hosil olish agrotexnikasi. – Toshkent, 2011.– 22 b.
Turkiya Respublikasi “Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi” vazirligi hamda “Denizbank” hamkorligida tayyorlangan” 100 ta kitobdan iborat toʻplami.
Abdullayeva.X.R. Rezavor oʻsimliklarni parvarishlash//“Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi” jurnali. – Toshkent, 2015.– №3. b. 10-11.
Abdullaev R.M., Djalilov.N Mevalarni terish va saqlash.//“Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi” jurnali. 2018. №9. b. 8-9. 67 100
Jidexina T.V. Fiziologicheskie osobennosti produksionnogo prosessa yagodnix kultur / T.V. Jidexina //Molodie uchenie sadovodstvu Rossii: tezisi dokladov Vseros. soveshaniya (20-21 iyunya 1995 g, Moskva). – Moskva, 1995. – s. 196-199.
Popova L. Standartni i perspektivni sortove yagodi //Obsharstvo, gradinarstvo i konserva promishlennost. – Moskva, 1987. - № 2. – s. 15-16.
Polikarpova F.Ya. Biologiya, seleksiya i agrotexnika plodovix i yagodnix kultur. – Novgorod, 1991.– s. 109-113.